Shu vaqtgacha Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori v.b. lavozimida ishlagan Oybek Elmuratov Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar etib tayinlandi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga qaytarildi. O‘tgan yilning dekabr oyida ma’muriy islohotlar doirasida u Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tarkibiga o‘tkazilgandi.
Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K. “Dok-1 Maks” siropi qonuniy hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tganda ham, undagi zaharli moddalarni aniqlab bo‘lmasligini ta’kidladi. U O‘zbekistonda dori ishlab chiqarish va tekshirish bo‘yicha belgilangan amaldagi tartibning ishonchsizligiga sha’ma qildi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga Ulug‘bek Egamov rahbar bo‘ldi. Agentlikning avvalgi direktori Sardor Kariyev «Dok-1 Maks» va «Ambronol» siropi voqealari ortidan ishdan olingandi.
«Dok-1 Maks» va «Ambronol» siropining nojo‘ya ta’siri sababli bolalar vafoti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovi doirasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq direktori Sardor Kariyev qamoqqa olindi.
Shavkat Mirziyoyev Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevni ishdan oldi. «Bolalar o‘limi sohada ishlar ahvoli, nazorat yo‘qligini ko‘rsatdi. Mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi», — dedi prezident.
Prezident juma kungi videoselektor yig‘ilishida dunyoqarashini o‘zgartirmagani, hozirgi vaziyatdan xulosa chiqarmayotgani uchun Farmatsevtika agentligi direktori Sardor Kariyevga «hayfsan» berdi. Uning ikki o‘rinbosari Dilshod Akbarov va Alisher Temirov esa ishdan bo‘shatilishi aytildi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisi v.b. Xusnutdin Xasilov ham «hayfsan» oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting